2007- yil yanvar

1. Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov.

“Solomon va Ibsol” qissasida AQl, Kuch va Nafs talqini. -“Buxoro mavjlari” jurnali, 2007, 1-son, 15 16-bet.

Maqolada Abu Ali ibn Sinoning “Solomon va Ibsol” qissaning g’oyaviy-badiiy tahlili amalga oshirilgan.

2.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov. Balavadze Shota Polikarpovich (1923–1975)– Kitobda:

Inson xotirasi muqaddas. Toshkent: “Fan”, 2007, 3738-bet. Maqolada pedagogika fanlari doktori, professor Sh.P.Balavadzening ilmiy-pedagogik faoliyati yoritilgan.

3.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov.

Qoraev Toji Qoraevich (1936–2000) –Кitobda: Inson xotirasi muqaddas. Toshkent: “Fan”, 2007, 232–234-bet. Maqolada –mukofoti laureati T.Q.Qoraevning ilmiy-pedagogik faoliyati yoritilgan.

Fevral

1.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov 8-fevralda Pedagogika va jismoniy madaniyat fakultetida ulug’ o’zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 565 yilligi munosobati bilan “Olis yulduz shu’lasi” mavzuida topqirlik va zukkolik kechasi o’tkazilib, unda “Alisher Navoiy haqida so’z” aytdi va musobaqada hakamlik qildi.

2.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov 15-fevralda O’zR Fanlar akademiyasi Buxoro viloyati mintaqaviy bo’limi yig’ilishiga qatnashdi.

Mart

          1.      Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov, filologiya fanlari doktori D.O’raeva. Xalq nasri tadqiqotchisi. -“Ozbek tili va adabiyotijurnali, 2007, 2-son, 29–36-bet.

Maqolada taniqli folklorshunos, filologiya fanlari doktori, professor, O’zRFAsi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Folklor bo’limi mudiri M.Jo’raevning  o’zbek xalq nasrini o’rganishdagi faoliyati umumlashtirilgan.

 

2.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov 13-martda Til va adabiyot kafedrasi huzuridagi “Yosh ijodkor” to’garagi yig’ilishida talaba Dilafro’z Salomovaning “Tushlarimda yashaysan…” ilk she’riy to’plami muhokamasida qatnashdi.

3.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov, shoir D.Jabborov. “Hayrat Hayqirig’i” haqida. –Kitobda:  Omon Abdullaning  shu nomdagi she’riy to’plamiga so’zboshi. “Buxoro” nashriyoti, 2007, 2–3-bet.

So’zboshi maqolada “Hayrat hayqirig’i” she’riy to’plamiga xos xususiyatlar, muallif mahorati masalalari ixcham shaklda sharxlangan.

Aprel

            1.    Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov. Marosim olqishlari haqida. – “O’zbek marosim folklorini o’rganishning yangicha tamoyillari” mavzuidagi Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi materiallari. Navoiy, 2007, 15–18-bet.

O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan o’tkazilgan bu ilmiynazariy konferentsiyadagi ma’ruzasi filologiya fanlari doktori D.O’raeva bilan hamkorlikda tayyorlangan. Unda marosim olqishlarining janriy tabiati, tasnifi va ijrochiligida kechayotgan transfarmatsion jarayonlar xususida bahs yuritiladi.

2.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov Toshkent davlat huquq instituti o’qituvchisi Klara Akbarovna Boymuhammedo-vaning “Kuntug’mish” dostonining variantlari va badiiyati mavzusida 10.01.09– folklorshunoslik  ixtisosligi bo’yicha  filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini  olish uchun yozgan dissertatsiyasiga  rasmiy hakamlik qildi.

O’zRFAsi Alisher  Navoiy nomidagi TAIning DO 15.04.01. raqamli Ixtisoslashgan ilmiy kengashida 2007- yilning 25-aprelida yoqlangan bu dissertatsiyada  “Kuntug’shmish” doctonining o’ndan ziyod variantini aniqlab,     qiyoslashgan holda o’rganib, tipologik xususiyatlarini ochishga, dostonning ishqiy-romantik tabiati, epik qaxramonlari va badiiyatiga xos belgilarini ochgan, umumlashtirgan va o’zbek eposshunosligini bir qadar boyituvchi ilmiy  tadqiqot yarata olgan.

3.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov 17–18-aprelda O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zRFAsi  Tarix instituti, Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologisi intituti va Buxoro davlat universiteti hamkorligida o’tkazilgan “Ahmad Donish XIX asrning buyuk mutafakkiir va taraqqiyparvari” mavzusidagi  Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasida” Ahmad Donish biografiyasiga oid yangiliklar” mavzuida ma’ruza qildi. Ma’ruza matni shu konferentsiya materiallari to’plamida bosilgan. Qarang: 126–129-bet.

Unda Ahmad Donishning Rossiyada uch marta elchi bo’lib borishi va uni rus xufyalari qanday kuzatganligi, nihoyat u haqda rus maxfiy xizmatiga yo’llangan xufya ma’lumot mazmuni tahlil qilishgan.

4.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor              O. Safarov 25–26- aprelda Til va adabiyot kafedrasi bilan hamkorlikda “Boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etish: muammolar, echimlar va istiqbollar” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasini tashkil etdi. Undagi yalpi yig’ilishda “O’zbek alifbosining yaratilish tarixi va ayrim muammolari” mavzuida ma’ruza qildi. Ma’ruza matni “Boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etish: muammolar, echimlar va istiqbollar” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari” to’plamida to’la bosilgan. (Qarang: 2007, 3–11-bet.) Unda o’zbek alifbosining yaratilish tarixi, tadrijiy xususiyatlari, hozirgi holati va to’laqonli milliy alifbe yaratishning qator muammolari xususida bahs yuritilgan.

5.      Prof.O.Safarov rahbarligida BTU 3-kurs talabasi Manzura To’laevaning “Alvido, bolalik” qissasida  bolalik va jamiyat munosabatlari ifodasi” mavzuidagi maruza matni bosilib chiqdi. (Qarang: BuxDU talabalarining Abdulla Qahhor tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan 51-ilmiy -nazariy anjumani tezislar to’plami. Buxoro, 2007, 21–22 -bet.)

 May

1.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov O’zMU o’zbek tilshunosligi  kafedrasi tadqiqodchisi Nodira Alovutdinovaning  “Ona tili  darslarida o’quvchilarning mustaqil  fikrlash ko’nikmasini  shakllantirish omillari (5-sinf misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – ta’lim va tarbiya  nazariyasi  va metodikasi (o’zbek tili ) ixtisosligi bo’yicha  pedagogika  fanlari nomzodi  ilmiy  darajasini  olish uchun yozilgan  dissertatsiyasi muhokamasini  uyushtirib , tashqi taqriz berildi. Bayonnomadan  ko’chirma mavjud.

2.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov. 23-mayda  kafedra  tojik bo’limi  mutaxassislari ishtirokida “Anjuman  idroku hushyori dihad “(“Anjuman idroku hushyorlik bergay”)  mavzuida “Ovozi tojik” gazetxonlarkonferentsiyasi  tashkil etildi.

3.       5- apreldagi ” Ma’naviyat kuni ” munosabati  bilan Til va adabiyot  kafedrasi  kunini  tashkil etdik. Unda “Vatan ostonadan boshlanadi ” mavzuidagi  adabiy – musiqiy kecha o’tkazildi. Kechada Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov   Kafedra tarixi haqida so’z aytdi.

Iyun

1.       1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish munosobati bilan Buxoro shahridagi viloyatlararo ixtisoslashgan bolalar uyida “Sen qalbimdasan!” xayriya tadbiri tashkil etildi. Uni tashkil etishda kufedra o’qituvchisi U.Omonov bosh-qosh bo’ldi. Tadbirda 32 nafar nogiron bolaga  kiyim-kechak, 32 nafar sog’lom bolaga o’yinchoqlar, o’quv qurollari, turli-tuman sharbatlar, meva-cheva va katta miqdordagi zaruriy dori-darmon ulashildi. Unda  professor O. Safarov  bolalarni qutlab, o’z she’riy to’plamimni sovg’a etib topshirdi.

2.       3–16- iyunda Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov  rahbarligida BTU 5-“A” guruhi (sirtqi) talabasi Dilrabo Mirzaeva “Bolalar folklorida satira va yumor”, BTU 5-“A” guruhi (sirtqi) talabasi Ruxsora Istamova “X.To’xtaboevning “Shirin qovunlar mamlakati yoxud sehrgarlar jangi” romanida “Zamon va bolalar munosabati”, BTU 5-“A” guruhi (sirtqi) talabasi Mahtob Rajabova “X.To’xtaboevning “Qasoskorning oltin boshi” tarixiy sarguzasht romanining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari,  BTU 5-“B” guruhi (sirtqi) talabasi Nigora Toshqulova “Oybek ijodida xorijda yashovchi bolalar hayoti ifodasi, BTU 5-“A” guruhi (sirtqi) talabasi Umida Hotamova “G’.G’ulom lirikasida bolalik olami ifodasi” mavzularida malakaviy-bitiruv ishlarini yoqladilar.

3.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov. O’zbek bolalar adabiyoti va folklori.1-kitob. O’quv qo’llanma. Buxoro, 2007,18,5 b.t.

O’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlarining boshlang’ich ta’lim usuliyoti, sport va tarbiyaviy ish hamda maktabgacha tarbiya ixtisosliklari bakalavlariga mo’ljallangan bo’lib, o’zbek bolalar adabiyoti  nazariy asoslari , folklor va  bolalar  folklori   hamda bolalar kitobxonligi  muammolarini  –yoritishga bag’ishlangan .

              Avgust

    1. Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov. Yunus Rajabiyning “Buxoro shashmaqomi” ni  notaga  yozib  olishdagi  jasorati. ” Sino ” jurnali, (Eron), 2007, Yoz, 26-son, 48– 55- bet.

Maqolada  taniqli musiqashunos, bastakor,  ijrochi  va sozanda akademik,  Yunus Rajabiyning “Buxoro shashmaqomi “ni  notaga yozib olishga kirishuvi  tarixi, yozib olishdan iborat ijodiy jarayon, hajmi va  nashri  xususiyatlari  umumlashtirilgan.

Sentabr

1.        Заф.кафедры языка и литературы, профессор О.Сафаров, доктор филологических наук Д.Ураева. Эстетические  функции   эпитетов золото и серебра в узбекских народных песнях. –Материалы Республиканской научно-технической конференции “Istiqlol (международным участием по теме: «реотехнология: инновационные методы недропользования в ХХI веке» Москва-Навои, 2007, с.447–451.

Ushbu ma’ruza matnida  oltin va kumush sifatlashlarining estetik-kompozitsion xususiyatlari umumlashtirilgan.

Oktabr

         1.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov, filologiya fanlari doktori D.O’raeva va tarix fanlari nomzodi Manzura Qurbonova.  O’zbekiston xalqlari etnografiyasi va folklori. Kasb-hunar kollejlarining madaniyat va san’at yo’nalishida ta’lim oluvchi talabalar uchun darslik. Toshkent: “O’qituvchi” nashriyot -matbaa ijodiy uyi, 2007, 8,5 b.t.

Ushbu  darslik talabalarga  o’zbek xalqi  an’analarining  o’ziga xosligi , betakrorligi, “urf-odat”, “marosim” tushunchalari va ular bilan bog’liq xalq og’zaki ijodi namunalarining janriy tarkibi, qo’shiqchilik va baxshichilik san’ati, atoqli shoir va yozuvchilarning folklorga munosabati xususida umumiy ma’lumotlar beriladi. Bu fan orqali o’quvchilar xalq an’analarini ardoqlash, milliy qadriyatlarni o’rganish  asosida milliy g’urur tuyg’ularini tarbiyalaydilar.

Aprel

Dotsent A.Hamroyev. “Halq ta’limi” jurnali, 2-son, 67—69- bet.  Pedagogik amaliyot va talaba faoliyati. Maqolada boshlang’ich ta’lim   yo’nalishi talabalari bilan pedagogik amaliyotni tashxis etish xususida fikr yuritiladi. Bundan tashqari amaliyot davrida talabalar tomonidan yo’l qo’yiladigan xatolar haqida ham fikr bayon etilgan.

Iyul

         Dotsent A.Hamroyev. “Boshlang’ich ta’lim” jurnali, 7-son. Alifbe darsligi xususida. Maqolada Alifbe darsligi xususida fikr yuritiladi. Undagi ayrim kamchiliklar dalillar asosida bayon etilgan