Yanvar

1. Xotira kitobi.

“Ibratli umr sahifalari” (prof. F.X.Qosimov zamondoshlari xotirasida). “Fan “, Toshkent, 2007,  114 bet.

Taniqli tarixchi olim, tarix fanlari doktori,  professor F.X.Qosimovning hayoti va ilmiy merosiga bag`ishlangan qator maqolalarni o`z ichiga oladi. Prof. F.X.Qosimov Gumanitar Fanlar fakul’teti tarixchi olimlari, shu jumladan, O`zbekiston tarixi kafedrasi olimlarining mutaxassis sifatida shakllanishida alohida o`rin tutishi, u kishining yuksak insoniy fazilatlari haqidagi ilik fikrlar ushbu kitobda munosib tarzda  keng o`rin egallaydi. Taniqli ustoz boshlagan ilmiy tadqiqot yo`nalishlari, tarix fanining dolzarb muammolari ustida  tadqiqotlar olib borish u kishining shogirdlari  tomonidan davom etishiga komil ishonch, ustoz xotirasini biz bilan abadiy ekanligiga ishora qilinadi. O`zbekiston tarixi  kafedrasi  a`zolari mazkur xotira kitobini tayyorlashda o`z hissalarini qo`shdilar. Jumladan, kafedra dotsenti   Sh.Boltaev  kitobning taqrizchisi hisoblanadi.

Fevral

1.Ilmiy maqola.

Dotsent T. Raxmonov.  A.Donishning davlatchilik tamoyillari. To`plam. Buxoro, 2007. 

Maqolada 19 asr ikkinchi yarmi Buxoro ijtimoiy-siyosiy  hayotining  etuk namoyandalaridan biri A.Donishning tarixiy qarashlari haqida umumiy tafsilot  bayon qilingan. Uning davlatchilik  tuzilishi  va

tamoyillari haqida tanqidiy qarashlari,  bu tizimni yaxshilash  sohasidagi  ilg`or fikrlari  keltirilgan bo`lib, A.Donishning o`z zamonasining ilg`or vakili ekanlishi ko`rsatilgan.

Mart

 1. Monografiya.

H.To`rayev.  Jo`ybor  xo`jalari. Toshkent, “Fan” , 2007.-11,5 bosma taboq.   

        Monografiya Jo`ybor xo`jalari merosini  o`rganish bo`yicha keyingi 50 yil mobaynida e`lon qilingan yirik tadqiqotdir. Unda Jo`ybor xo`jalarining 16-17 asrlarda Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy-ma`rifiy xayotida  tutgan o`rni ko`p sonli qo`lyozma asar va vaqf hujjatlarini tadqiq qilish asosida ochib berilgan. Jo`ybor xo`jalarining yirik vakillari Xo`ja Islom,  Xo`ja Sa`d, Xo`ja Tojiddin  va boshqalarning shayboniy hamda ashtarxoniylar davridagi jarayoni o`rni tadqiq va tahlil etilgan.

Monografiyaga  Buxoro  davlat universiteti  axborotnomasida t.f.d., prof. S.I.Inoyatov, t.f.n., dots.A.F.G`afurov, “Imom al-Buxoriy saboqlari” jurnalida t.f.n.,  dots. S.Raupov tomonidan taqriz e`lon qilingan.

2. Xorij ilmiy muassasalari  bilan hamkorlik.

H.To`raev. Markaziy Osiyoni tadqiq qilish frantsuz instituti 

(IFEAK) ilmiy xodimi sifatida 20-30 yillarda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug`ullangan tarixchi manbashunos Muso Saidjonovning Samarqand shahri me`moriy obidalariga bag`ishlangan nodir qo`lyozmasini  o`rganish va uni  o`zbek, rus tillaridagi nashrini tayyorlash  borasida izlanishlar olib bordi. 40-betdan iborat tadqiqot ishi tayyorlandi.

3.Ilmiy maqola.

T.Rahmonov. Musiqa hukmron mafkura izmida. BuxDU Ilmiy axborotlari. Buxoro, 2007  1-son. Maqolada sho`ro davri hukmron mafkurasi , uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha sohalariga, jumladan musiqa  san`atining taraqqiyotiga o`tkazgan ta`siri haqida fikrlar bayon etiladi.

APREL

1. “Ijtimoiy himoya  yili”ga bag`ishlangan tadbirlar.

* O`zbekiston tarixi  kafedrasi  dotsenti T.Rahmonov Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi oliy pedagogika institutida o`tkazilgan  “Ijtimoiy himoya yili” ga bag`ishlangan anjumanda  ishtirok etdi.

* Kafedra dotsenti  A.G`afurov va o`qituvchi  B.B.Boltayevlar  Buxoro shahridagi ko`zi ojizlar maktab-internatida “Ijtimoiy himoya yili” ning insonparvarlik mohiyati haqida  ma`ruzalar qildilar.

*Dotsent Sh.O.Boltayev viloyat ichki ishlar boshqarmasida o`tkaziladigan ma`rifiy  o`qishlarda   ishtirok etib, “Ijtimoiy himoya yili” munosabati bilan qabul qilingan  hukumat qarorlari  to`g`risida chiqishlar qildi.

2. Malaka oshirish.

Dotsent T.Rahmonov  Mirzo Ulug`bek nomidagi  O`zbekiston  Milliy Universiteti  qoshidagi Oliy pedagogika institutida  malaka oshirishda bo`ldi. O`qish davrida  ikkita  ilmiy-nazariy anjumanda qatnashib, bittasida  ma`ruza bilan chiqdi, bitta ilmiy maqola tayyorladi va  sertifikat oldi.

                                               Rasm 3 (Ijtimoiy himoya)

May

1.Ilmiy-nazariy anjuman. 2007 yil may oyida Navoiy tog`-kon institutida “O`rta Osiyoda kon-metallurgiya tarixi: o`tmishi va buguni” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida dotsentlar Sh.Boltayev, A.G`afurov va “Tarix” yo`nalishi  I-bosqich “A” guruhi talabasi O.Qilichevlarning  maqolalari  o`z o`rnini topgan.

Ushbu maqolalar O`zbek davlatchiligining muhim bosqichi bo`lgan Amir Temur saltanatida tog`-kon ishlarining tahliliga va O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o`rtasidagi tog`-kon sanoatidagi muhim  strategik hamkorlikka bag`ishlangan.

2. O`quv-uslubiy  tavsiyalar.

Dotsentlar Sh.Boltayev, B.Ahmedov. Bitiruv malakaviy ish O`quv-uslubiy  tavsiyalar. “Buxoro” nashriyoti.

2007. – 2,5 b.t.                                              

       Oliy o`quv yurtini bitirish jarayoni zaruriy sharti bitiruv malakaviy ishni yozish, rasmiylashtirish va Davlat attestatsiyasi komissiyasi oldida himoya qilishdir. Ana shu muhim jarayonni amalga oshirish haqida  birorta ham o`quv-uslubiy tavsiya yo`q edi. Sh.Boltaev, B.Ahmedovning mazkur o`quv-uslubiy tavsiyalari ana shu kamchilikni to`ldirishga xizmat qiladi.

Mualliflar Respublika Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 1998 yil 31 dekabrdagi 362 raqamli buyrug`i va oliy o`quv yurti bitiruvchilari to`g`risidagi Nizom  talablaridan  kelib chiqib, o`quv-uslubiy tavsiyalarni tuzishgan.

Qo`llanmada bitiruv  malakaviy ishi mavzusini tanlash, tasdiqlash, uning bajarish jarayoniga dahldor barcha bosqichlar izohlangan. Ayni paytda bajarilgan bitiruv  malakaviy ishni to`g`ri rasmiylashtirish, uni himoya qilish tartibi batafsil bayon qilingan.

Ishda umumiy tartib-qoidalarni bayon qilish bilan cheklanmasdan ilovalar ham berilganki, bu  bitiruvchilarga katta yordam beradi. Ilovalarda bitiruv malakaviy ishni rasmiylashtirish va himoya qilishga doir barcha zaruriy hujjatlarning namunasi keltirilgan.

Xullas, mazkur qo`llanma bitiruvchilarga ham nazariy, ham amaliy ko`mak berishga  qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

3.Talabalar  Respublika  fan olimpiadasi

 2007 yil,  5-may.

Kafedra muntazam sur`atda talabalar fan olimpiadalariga jiddiy yondashadi. Iqtidorli talabalarni hamda to`garak a`zolarini to`plab,  darsdan tashqari qo`shimcha mashg`ulotlar hamda to`garak mashg`ulotlari  jarayonida  fan olimpiadasining  I-bosqich ( fakul’tet) , va II–bosqich (Respublika) fan olimpiadalariga ishtirokini ta`minlash va sovrinli o`rinlarni egallashga e`tibor berib keladi. So`nggi yillarda O`zbekiston tarixi fani bo`yicha Respublika olimpiadalarida kafedraning iqtidorli talabalari   Nafisa Jo`raeva (2005 y.) va Alisher Ikromov (2006 y.) lar ishtirok etib, sovrinli  o`rinlarni   egallagan bo`lsalar, 2007 yilda Alisher Ikromov  (IV bosqich talabasi)  6 o`rinni egallab, faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Hozirgi kunda II bosqich talabalari Oybek Qilichev, Guli Toyirova, Nilufar Xasanova  kelgusi olimpiadalarga  hozirlik ko`rmoqda.

IYUN

1. Ilmiy maqola.

Dotsent Sh.Boltayev ” Samarali hamkorlik”. “Buxoro”nashriyoti , 2007.

O`zbekiston Respublikasi xalq ta`limi vazirligi Buxoro viloyat pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (VPXMOKTI)  hamkorlikda o`tkazgan  ” Ta`lim jarayoniga pedagogik va kommunikatsion texnologiyalarni qo`llash muammolari “mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida   ilmiy axborot berdi. Unda  VPXMOKTI bilan Buxoro Davlat universiteti o`rtasidagi hamkorlik masalalari tahlil etiladi.

2. Xotira kitobi. “Buxoro” nashriyoti, 2007 yil, 15 b.t.

Ushbu kitob Buxoro davlat universitetida uzoq yillar mehnat qilib, bugungi kunda vafot etgan  professor-o`qituvchilarga bag`ishlangan. Kitobga materiallar to`plashda kafedra a`zolari faol ishtirok etdilar. Kafedra dotsenti Sh.Boltayev kitobning taxrir hay`ati a`zosi sifatida uning nashr qilinishiga hissa qo`shdi.

 3. Bitiruv malakaviy ishlar himoyasi.

2006-2007 o`quv yilida O`zbekiston tarixi kafedrasi bo`yicha 48 talaba o`z mavzusi yuzasidan bitiruv malakaviy ishini himoya qildi.

Shundan 37 tasi kunduzgi bo`lim, 11 tasi sirtqi bo`lim talabalari  hisoblanadi. Shular orasida kunduzgi bo`lim talabasi  Behruz Qurbonov  o`zining chiqishida bitiruv malakaviy ishining mazmuni, mohiyati, tarixiy ahamiyati haqida o`zbek, rus, fors, ingliz tillaridagi adabiyotlardan foydalanganligini aytdi va ishning mazmunini boshqa talabalarga nisbatan chuqur va yorqinroq tahlil etdi.

Bitiruvchi  Behruz  Qurbonovning bitiruv malakaviy ishi  “Hodi az – Zohirin” asarining Buxoro tarixini o`rganish  bo`yicha muhim manba” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini Davlat Attestatsiyasi Komissiyasining raisi F.M.Aminov, taqrizchi  dots. X.To`rayev, fakul’tet dekani dots. U.J.Rashidov hamda ilmiy rahbar dots. A.G`afurovlar tomonidan ishning yuqori saviyada bajarilganligi alohida ta`kidlanib, talabaga shu mavzu yuzasidan tadqiqot ishlarini  davom ettirib, kelgusida magistrlik va nomzodlik dissertatsiyalariga aylantirish  kerak degan fikrni bildirdilar.

4. Doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati.

To`rayev X. Rol’  Djuybarskix Xodjey v obhestvenno-politicheskoy i duxovno-kul’turnoy jizni Buxarskogo xanstva 16-17 vv. Avtoreferat doktorskoy dissertatsii. Tashkent, 2007

Avtoreferat  rus tilida bo`lib, o`zida dissertatsiya mazmunini aks  ettirgan. Avtoreferatda mavzuning dolzarbligi, o`rganilish darajasi, tadqiqot usuli, tadqiqot vazifalari, maqsadi, ob`ekti  va predmeti asoslab berilgan. Har bir bobning qisqacha mazmuni va unda  ko`rilayotgan masalalar ochib berilgan. Xulosalar asosli. Avtoreferat oxiridagi  nasabnoma Jo`ybor xo`jalari tarixini tadqiq qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Avtoreferat respublikamiz va qariyb barcha MDX mamlakatlari ilmiy muassasalariga tarqatilgan.

            6.Ilmiy maqola.

Dotsent T. Rahmonov.  A.Donishning davlatchilik tamoyillari. To`plam. Buxoro, 2007. 

Maqolada 19 asr ikkinchi yarmi Buxoro ijtimoiy-siyosiy  hayotining  etuk namoyandalaridan biri A.Donishning tarixiy qarashlari haqida umumiy tafsilot  bayon qilingan. Uning davlatchilik  tuzilishi  va

tamoyillari haqida tanqidiy qarashlari,  bu tizimni yaxshilash  sohasidagi  ilg`or fikrlari  keltirilgan bo`lib, A.Donishning o`z zamonasining ilg`or vakili ekanlishi ko`rsatilgan.

Iyul

1. Ustama maoshga tavsiya.

O`zbekiston tarixi kafedrasi 2007 yil, 26 iyunida bo`lib o`tgan yig`ilishida  o`qituvchilarning  yillik shaxsiy ish rejalarining  bajarilishi masalasi ko`rib chiqildi. Majlisda kafedra bo`yicha yil boshida belgilangan barcha ko`rsatkichlar (tashkiliy, o`quv, ilmiy, ilmiy-uslubiy, ma`naviy-ma`rifiy )  kafedra a`zolari  tomonidan to`liq bajarilganligi qayd etildi. O`quv sohasida belgilangan soatlar  o`z vaqtida va yuqori saviyada  bajarilganligi alohida ta`kidlandi.

Kafedraning  ikki yetakchi  dotsenti H.To`rayev va Sh.Boltaevlar  yillik shaxsiy ish rejalarini ortig`i bilan  bajarganligi  uchun  ustama maoshga  tavsiya  etildi. Dotsent H.To`raevga doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida turganligi, avtoreferatni chiqarganligi, umuman o`quv yilini barcha  ko`rsatkichlari bo`yicha  muvaffaqiyatli yakunlaganligi uchun ustama 60 foiz, dotsent Sh.Boltayevga esa  40 foiz ustama maosh  to`lashga tavsiya etildi.

Sentyabr

1.Doktorlik  dissertatsiyasi himoyasi.

To`rayev Halim. “Buxoro xonligining 16-17 asrlardagi ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy-madaniy hayotida  Jo`ybor xo`jalarining tutgan o`rni.  (07.00.03.) – UzR FA Sharqshunoslik instituti.

Dissertatsiya Jo`ybor 16-17 asrlarda  Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-madaniy hayotidagi faoliyatining tadqiqiga bag`ishlangan.

Jo`ybor xo`jalarining faoliyatini o`rganishda “Razvat ar-rizvon”, “Manokibi” sa`diya”, “Matlab at-tolibin” kabi qo`lyozma asarlar hamda ayrim vaqf hujjatlarining ahamiyati, ularning o`rganish tarixi ochib berilgan.

Buxoro yaqinidagi Sumitan mavzeining Jo`yboriylarning  mulkiga  aylantirilishi va Jo`ybor xo`jalari xonadoni iqtisodiy poydevorining yaratilishi, Xo`ja Islomning Shayboniy sultonlari (XVI asr), ayniqsa Abdullaxon (1557-1598) bilan munosabatlari, Abdullaxonning Buxoro taxtini egallashida Xoja Islomning qo`llab-quvvatlashi,  Xo`ja Sa`d bilan Shayboniylar o`rtasidagi aloqalar, o`zaro yozishmalar tadqiq qilingan.

Ashtarxoniylar davrida (XVI-XVII asrlar) yuqori mavqega ega bo`lgan Xo`ja Tojiddin, Abdurahim Xo`ja, Abdi Xo`ja, Muhammad Yusuf Xo`ja kabi Jo`yboriylarning faoliyati tahlil etildi. Xo`ja Tojiddinning markaziy hokimiyat bilan munosabatlari, siyosiy ixtiloflarni bartaraf etishdagi harakatlari, mol-mulklari, Abdurahim Xo`ja va  Abdi Xo`ja bilan Ashtarxoniy hukmdorlari o`rtasida yuz bergan ixtiloflar, ularning sabab va oqibatlari, oilaviy munosabatlar, qarindoshlik doirasidagi nikoh masalalari yoritib berilgan.

Xo`ja Islomning Naqshbandiya tariqatida tutgan o`rni, muridlariga munosabati, tariqat qoidalarini rivojlantirishga qo`shgan hissasi, shuningdek, Xo`ja Tojidinning ma`naviy muhitdagi o`rni, iste`dod sohiblarini qo`llab-quvvatlashi, Jo`yboriylar xonadoniga ixlos qo`ygan shaxslar, Markaziy Osiyodagi madaniy jarayonlarda Jo`ybor xo`jalarining o`rni, ular tomonidan barpo etilgan binolar to`g`risidla tahliliy ma`lumotlar keltirilgan.

 

2. Ilmiy-amaliy anjuman.

H.To`raev. Baxouddin Naqshband tavalludining 689 yilligiga bag`ishlangan “Naqshbandiya ta`limoti va  zamonamiz “mavzuidagi

ilmiy-amaliy anjumanda “16 – 17 asrlarda Buxoroda  Naqshbandiylik” mavzuida  ma`ruza qilindi.

Ma`ruzada Naqshbandiylik ta`limotining nazariy-amaliy asoslari, Buxorodagi  namoyondalari, ularning  ma`naviy faoliyati, ta`limotni yangi  ijtimoiy-siyosiy sharoitda  rivojlantirish borasidagi xizmatlari  to`g`risida so`zyuritildi.

 

3. Nomzodlik dissertatsiyasi muhokamasi.

K.J.Rahmonovning “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro”  gazetalari Buxoro Xalq Sho`rolar Jumhuriyati tarixini o`rganish manbai sifatida” mavzuidagi dissertatsiyasi muhokamasi.

K.J.Rahmonov  2005-2006 o`quv yilida shu kafedra huzuridagi aspiranturaning  III bosqichini muvaffaqiyatli tugatib, nomzodlik dissertatsiyasining birinchi variantini kafedra  muhokamasi uchun taqdim etgan edi. O`tgan o`quv yilining  iyun oyida kafedra yig`ilishi ushbu dissertatsiyani muhokamadan o`tkazib,  ba`zi  kamchiliklarni ko`rsatib, ularni tuzatish yuzasidan tegishli  maslahatlar bergan edi.

Bu gal tuzatilgan  variant muhokamasi  qizg`in tarzda o`tkazildi. Kafedraning yetakchi  mutaxassislari  tarix fanlari nomzodlari, dotsentlar H.To`raev, Sh.Boltayev, T.Rahmonov va A.G`afurovlar ish yuzasidan jiddiy mulohazalarni bildirib, uni  himoya uchun ixtisoslashgan ilmiy kengashga taqdim etish mumkin, degan xulosani aytdilar. Kafedra yig`ilishi nomzodlik dissertatsiyasini himoyaga tavsiya etish to`g`risida qaror qabul qildi.

Oktyabr

1. Nomdor stipendiya sohiblari.

“Tarix” yo`nalishi III bosqich “V” guruhi talabasi Feruz Shamsiyev o`qishdagi ko`rsatkichlari, ijtimoiy faolligi uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligining maxsus stipendiyasiga sazovor bo`ldi.

Shuningdek, “Tarix” yo`nalishi II bosqich “A” guruhi talabasi Oybek Qilichev I bosqich reyting nazoratlarini  nuqul  a`lo baholarda yakunlagani va qator ilmiy maqolalar e`lon qilganligi, fakul’tet va universitet jamoa ishlarida  faol ishtiroki uchun Universitet nomdor stipendiyasiga  loyiq deb topildi.

2. Universitet talabalar turar joyida o`tkazilgan tadbir.

” Prezident saylovi to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi qonuni yuzasidan  O`zbekiston tarixi kafedrasining dotsentlari  Sh.Boltayev va  T.Rahmonovlar  talabalar turar joyida savol-javob kechasini o`tkazdilar. Kechada yotoqxonada  yashaydigan  120 dan ortiq talabaning aksariyat qismi qatnashdi. Kechada  Gumanitar fakul’teti, “Tarix” yo`nalishining II  bosqich talabalari O`rinov Javlon, Sharipova Yulduz, Razzoqova Zarina  va boshqa  talabalar  chiqishlar qilib, savol-javob kechasida faol ishtirok etdilar.

       3. Malaka oshirish.

Kafedra dotsenti Sh.O.Boltayev  2-31 oktyabrda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Respublikasi Milliy Universiteti qoshidagi Oliy pedagogika instituti O`zbekiston tarixini o`qitishda  yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish bo`yicha malaka oshirish kursini tugatganligi to`g`risidagi sertifikat bilan qaytdi.

Noyabr

1. Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman.

O`zbekiston tarixi kafedrasining  dotsentlari Sh.Boltayev, H.To`rayev, A.G`afurov, T.Rahmonov hamda iqtidorli talabalar  xalqaro ilmiy-nazariy anjumanda ishtirok etdi.

Anjuman mavzui: “O`zbekiston-islom dunyosining buyuk mutafakkirlari  yurti”. Buxoro, 14-noyabr.

Konferentsiyada  chet ellardagi  nufuzli ilmiy muassasalar hamda oliy o`quv yurtlaridan kelgan quyidagi olimlarning ma`ruzalari tinglandi.

1.Jamol Hojar (Iskandariya universiteti adabiyot fakul’teti dekani)  “O`zbekiston va Arab davlatlarining ligasi” mavzusida.

2.Akram Gulshan (Turkiya, Sakoriyo universiteti, ilohiyot fakul’teti dekani) “Turkiyadagi o`zbeklar: turk-o`zbek aloqalari qadimda va hozir” mavzusida.

3.Zakariyo Kitobiy (Kuniya universiteti) “Amir Temur va temuriylarning islom ummati boshqaruvidagi o`rni” mavzuida.

1.     Mojida Makluf (Misr Aynshams universiteti, Sharq tillari bo`limi boshlig`i) ” Misrdagi o`zbeklar: tarixiy lavhalar” mavzusida.

2.     Xotam Abdurahmon (Misr Zakozik  universiteti, adabiyot fakul’teti)

” Misrdagi  o`zbeklar bog`i” mavzusida.

6. Hamid Lahmar (Marokash) ” O`zbek olimlari tomonidan yozilgan arab qo`lyozma kitoblarining g`arbdagi islom davlatlari bo`ylab sayoxati” mavzusida.

7. Abdulatif Ubayd (Tunis, Xorijiy tillar fakul’teti dekani) ” O`zbekiston va Markaziy Osiyoda arab tilini o`qitishning ahamiyati mavzusida.

8. Rofat Shayx (Misr, Zakozik universiteti Osiyo tadqiqotlari instituti) ” Mashhur o`zbek allomalari  merosini o`rganishning Misr uchun ahamiyati” mavzusida

9. Axmet Turan Aslan (Turkiya)ning o`qigan  ma`ruzalari tinglandi.

Shuningdek, konferentsiya ishida respublikamizning taniqli olimlari  ham chiqishlar qildilar.

1.Zuhra Qodirova (UzR FA falsafa va huquq instituti) “O`zbekistondagi diniy bag`rikenglik, madaniyatlararo muloqotning tarixiy, falsafiy asoslari” mavzusida.

2.Prof. Sh.Shoyoqubov (O`zbekiston badiiy akademiyasi) “O`zbekistonda zamonaviy miniatyura san`ati” mavzusida.

3.Prof. N.Komilov (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi) “Xoja Baxouddin:  hayoti va ilmiy merosi” mavzusida.

4.Prof. M.Yusupova (O`zbekiston badiiy akademiyasi) “O`rta Osiyo arxitekturasi” mavzusida qilingan ma`ruzalar ham tinglandi.

Ushbu xalqaro anjuman kafedra  o`qituvchilarining  xorij mamlakatlar tadqiqotchilarining yurtimiz tarixi, madaniyatiga oid yangi tadqiqotlardan xabardor qilishga xizmat qildi. Ayniqsa, iqtidorli talabalar ushbu konferentsiyadan  chuqur taassurot  oldilar.

2. O`zbekiston tarixchilar jamiyati Buxoro bo`limi  yig`ilishi.

23-noyabr kuni   BuxDU  Gumanifar fakul’teti, “Tarix” yo`nalishi talaba va magistrlariga  maxsus fanlardan dars berish  uchun  O`zR FA Tarix Instituti  direktori, t.f.d., professor  D.A.Alimova hamda shu institut bo`lim  mudiri, t.f.d., prof. D.X.Ziyoeva va  G.Agzamxodjaeva ishtirokida   BuxDU  O`zbekiston tarixi  kafedrasi hamda  Buxoro Tibbiyot instituti  va BuxOO va ESTI tarixchi professor-o`qituvchilari ishtirokida  O`zbekiston tarixchilar jamiyati Buxoro bo`limi  yig`ilishi bo`lib o`tdi.

1999 yilda  tashkil topgan bu jamiyat ishi keyingi yillarda uning raisi, t.f.d., prof., A.Ahmedov boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan , hamda  Buxoro bo`limi raisi, t.f.d., professor, F.X.Qosimov vafot etganligi sababli tashkiliy masalalar ko`rilib, Gumanitar fakul’tet dekani, t.f.n., dots. U.J.Rashidov  rais etib saylandi. Shu yig`ilishda O`zbekiston tarixi kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent A.G`afurov  so`zga chiqib, birinchidan, Mustaqillik yillarida Vatan tarixini o`rganishda  tub ijobiy o`zgarishlar yili bo`lganligi shubhasiz bunda tarixchilar jamiyatining o`rni borligi haqida gapirdi. Shuningdek, Respublikamiz va Buxoro tarixchilari oldida istiqboldagi muhim  tadqiqotlar yo`nalishlari haqida gapirdi.