Укув кулланма энди барчамизнинг кулимизда!!!

Опубликовано bukharasu 30.04.2009

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг «Жахон молиявий-иктисодий инкирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари» номли асарини ўрганиш бўйича ўкув кўлланма. Юклаб олиш…

Ona zamin tarixi

Опубликовано bukharasu 30.04.2009

Yanvar

1. Xotira kitobi.

“Ibratli umr sahifalari” (prof. F.X.Qosimov zamondoshlari xotirasida). “Fan “, Toshkent, 2007,  114 bet.

Taniqli tarixchi olim, tarix fanlari doktori,  professor F.X.Qosimovning hayoti va ilmiy merosiga bag`ishlangan qator maqolalarni o`z ichiga oladi. Prof. F.X.Qosimov Gumanitar Fanlar fakul’teti tarixchi olimlari, shu jumladan, O`zbekiston tarixi kafedrasi olimlarining mutaxassis sifatida shakllanishida alohida o`rin tutishi, u kishining yuksak insoniy fazilatlari haqidagi ilik fikrlar ushbu kitobda munosib tarzda  keng o`rin egallaydi. Taniqli ustoz boshlagan ilmiy tadqiqot yo`nalishlari, tarix fanining dolzarb muammolari ustida  tadqiqotlar olib borish u kishining shogirdlari  tomonidan davom etishiga komil ishonch, ustoz xotirasini biz bilan abadiy ekanligiga ishora qilinadi. O`zbekiston tarixi  kafedrasi  a`zolari mazkur xotira kitobini tayyorlashda o`z hissalarini qo`shdilar. Jumladan, kafedra dotsenti   Sh.Boltaev  kitobning taqrizchisi hisoblanadi.

Читать полностью »

Falsafa

Опубликовано bukharasu 30.04.2009

2007 yil yanvar

1. Falsafa kafеdrasi profеssori, falsafa fanlari doktori, O’zbеkistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi M.N.Boltayеvning “Kant va tranеtsеndеntal falsafaning asoslanishi” nomli 6 bosma taboqli ilmiy monografiyasi nashrdan chiqdi.

Monografiyada Kant ilmiy mеrosi, buyuk faylasufning “Kopеrnikcha inqilobi”, transtsеndеntal estеtikasi, dialеktikasi, etikasi, axloqiy hukmlar, analitik hukmlar, katеgoriyalar, o’z-o’zini anglashning yagonaligi kabi masalalar aks etgan. Adabiyotlar tavsiya etilgan.

Ushbu monografiya falsafa fani o’qitiladigan barcha ta’lim yo’nalishlari, ayniqsa falsafa ta’lim yo’nalishi talabalari, aspirant-tadqiqotchilar va umuman falsafa fani bilan qiziquvchi kеng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

2. Falsafa kafеdrasi dotsеnti M.Ya.Atoеva tomonidan “Milliy istiqlol g’oyasi:

asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli elеktron kitob taqdimoti bo’ldi.

Elеktron kitobda g’oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati, tarixiy shakl va ko’rinishlari, xalq va davlatlar taqdiriga ta’siri, falsafiy-dunyoviy va diniy ildizlari o’z aksini topgan.

Ayniqsa milliy istiqlol hoyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini kеng xalq ommasi, avvalo yosh avlod qalbi va ongiga yangi zamonaviy tеxnologiya yordamida samarali usullar bilan ta’sir etishga harakat qilingan. Prеzidеnt asari nutqlaridan jonli lavhalar, ma’ruza matnlarining namoyishi, animatsiyalar ovoz bеrish yo’li bilan ko’rsatilgan elеktron kitob 28 soatlik 14 ta ma’ruza matnidan iborat. Kitobda ma’ruza matni bob, bo’limlari, rеja, tayanch tushunchalar, tеst savollari, adabiyotlar ro’yxati ko’rsatilgan.Medicine

3. “Dialеktika va bilish nazariyasi” ixtisosligi bo’yicha kafеdra qoshida ochilgan aspiranturaga birinchi bo’lib kafеdra o’qituvchisi A.Sharipov qabul qilindi. Hozirgi vaqtda aspirant profеssor Qiyom Nazarov rahbarligida “Ijtimoiy hamkorlik to’g’risidagi zamonaviy ta’limotlar va ularning O’zbеkistonda barqarorlikni mustahkamlashdagi o’rni” mavzuidagi nomzodlik dissеrtatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Читать полностью »

O`zbek filologiyasi

Опубликовано bukharasu 30.04.2009

2007- yil yanvar

1. Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov.

“Solomon va Ibsol” qissasida AQl, Kuch va Nafs talqini. -“Buxoro mavjlari” jurnali, 2007, 1-son, 15 16-bet.

Maqolada Abu Ali ibn Sinoning “Solomon va Ibsol” qissaning g’oyaviy-badiiy tahlili amalga oshirilgan.

2.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov. Balavadze Shota Polikarpovich (1923–1975)– Kitobda:

Inson xotirasi muqaddas. Toshkent: “Fan”, 2007, 3738-bet. Maqolada pedagogika fanlari doktori, professor Sh.P.Balavadzening ilmiy-pedagogik faoliyati yoritilgan.

3.       Til va adabiyot kafedrasi mudiri, professor O. Safarov.

Qoraev Toji Qoraevich (1936–2000) –Кitobda: Inson xotirasi muqaddas. Toshkent: “Fan”, 2007, 232–234-bet. Maqolada –mukofoti laureati T.Q.Qoraevning ilmiy-pedagogik faoliyati yoritilgan.

Читать полностью »

Islom Abdug’aniyevich Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarlari

Опубликовано bukharasu 30.04.2009

Bu yerda siz Prezidentimiz I.Karimov tomonidan yozilgan
“Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarlarini yuklabolish va uni batafsil o’rganib chiqish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Yuklab olish


Copyright © 2007 Buxoro Davlat Universiteti. All rights reserved.